O‘zbekiston | 14:34 / 02.07.2025
1579
1 daqiqa o‘qiladi

Air China O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshiradi

Pekin-Toshkent-Pekin va Urumchi-Toshkent-Urumchi yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Reuters

Xitoyning Air China aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi.

«O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan, Air China aviakompaniyasiga Pekin-Toshkent-Pekin va Urumchi-Toshkent-Urumchi yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirildi.

Parvozlar Boeing-737-800/8 (MAX) va Airbus-330-300/200 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Air China — Xitoyning eng yirik davlat aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, 1988 yilda tashkil etilgan. Kompaniya dunyoning 200 ga yaqin shahriga reyslarni amalga oshiradi. Uning havo kemalari parkida 500 dan ortiq samolyot bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid