O‘zbekiston | 12:55 / 02.07.2025
3224
1 daqiqa o‘qiladi

Rohat aylanma yo‘lida avtomobil harakati vaqtincha yopiladi

2025 yil 2 iyul kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Rohat aylanma yo‘lida avtomobil harakati vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu sababli ushbu hudud orqali harakatlanuvchi 26-, 54-, 110-, 119-, 128-, 174-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati o‘zgartiriladi.

Shaharning markaziy qismi tomon: THAY – Ohangrabo – Uysozlar – Uysozlar-2 – Izzat – Shohimardon – Ohangaron shohko‘chasi orqali.

Qaytish yo‘nalishi: Shohimardon – Katta Yangiobod – Shohsanam – Tolqariq – THAY ko‘chalari orqali.

Yo‘l ta’mirlash ishlari davomida transport harakati cheklanishi va tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid