Toşkent şahrini Toşkent viloyatining şarqiy tumanlari va vodiy viloyatlari bilan boğlovçi Rohat aylanma yöli yangi körinişga ega böladi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Unga köra, Toşkent şahriga bir kunda viloyatlardan 4 mingdan ortiq avtoulovlar kirib-çiqadi. Bunda eng köp transport qatnovi aynan Rohat aylanma yöli orqali amalga oşiriladi.

Şu sababli bu yerda juda köp hollarda tirbandliklar vujudga kelişi heç kimga sir emas. Bunga esa, yölning 3 yölakdan iborat bölgani va poytaxtga taşrif buyuruvçi mehmonlar soni yildan yilga oşib borayotganidadir.
Toşkent şahar hokimligi tomonidan mazkur aylanma yöldagi noqulayliklarga barham beriş maqsadida keng kölamdagi quriliş, ta'mirlaş, obodonlaştiriş işlari boşlab yuborildi. Uşbu işlar natijasida Rohat çorrahasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar 3 kun içida bartaraf etiladi va 5 yölakli aylanma yöl zamonaviy çorraha qiyofasiga keladi.
Şu munosabat bilan, “Toşkent şahar hokimligi vaqtinçalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uçun şahar aholisi hamda mehmonlaridan uzr söraydi!”, - deyiladi xabarda.














