Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi
Oy davomida eng yuqori harorat 30 iyun kuni qayd etilgan - 37,9 daraja.
Ispaniyaning sharqiy qismidagi Barselona shahrida so‘nggi 100 yil ichida eng issiq iyun oyi qayd etildi.
Ispaniya meteorologiya instituti (AEMET) Barselonada 1914 yilda harorat qaydnomalari yuritila boshlanganidan beri eng issiq iyun oyi qayd etilganini e’lon qildi.
Bayonotda aytilishicha, joriy yilning iyun oyida o‘rtacha harorat 26 darajaga etgan bo‘lsa, avvalgi eng issiq iyun 2003 yilda kuzatilgan - 25,6 daraja.
Oy davomida eng yuqori harorat 30 iyun kuni qayd etilgan — 37,9 daraja.
Yevropaning ko‘plab shaharlari jazirama issiq harorat ta’sirida bo‘lib turibdi. Italiya, Germaniya, Belgiya va Fransiya kuchli jaziramaga qarshi turli choralar ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026