Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh savdo bitimini tuzmagan davlatlarga ogohlantiruvchi xat yuborishni boshladi
Xat javob tariflarining joriy etilishi bilan bog‘liq. AQSh bilan savdo bitimini tuzish uchun 9 iyulgacha muhlat berilgan edi.
Oq uy 4 iyuldan boshlab, savdo hamkorlarini Amerikaga eksport bo‘yicha yangi tarif stavkalari to‘g‘risida xabardor qilishni boshlaydi. Bu haqda prezident Donald Tramp ma’lum qildi, deb yozdi Financial Times. Qayd qilinishicha, savdo bitimini tuzish uchun berilgan muhlat 9 iyul kuni nihoyasiga yetadi.
Amerika prezidenti jurnalistlarga juma kuni 10 ta yoki 12 ta, keyingi kunlarda esa ko‘proq maktub yuborilishini aytgan. 9 iyulgacha Qo‘shma Shtatlarning barcha hamkorlari ushbu kampaniya bilan «to‘liq qamrab olinadi».
Tramp so‘zlariga ko‘ra, yangi tariflar «hajmi jihatidan turlicha bo‘ladi, balki 60-70% yoki 10-20% gacha». Ayrim davlatlarga esa bundan ham yuqori stavkalar joriy qilinishi mumkin.
Avvalroq, AQSh prezidenti yaqin orada yirik savdo bitimlari tuzilishi haqida gapirgan edi. Ammo 3 iyul kuni u sabr-toqati tugayotganini aytdi. «Mening niyatim xat yuborish va ularga qanday tariflarga duch kelishini aytish. Bu ancha oson», dedi u.
Tramp yangi tariflar barcha tovarlardan olinadimi yoki faqat ayrim tovarlar uchun joriy qilinadimi, bunga aniqlik kiritmadi. Masalan, avtomobillar va po‘lat uchun mos ravishda 25% va 50% tariflari allaqachon mavjud. Yangi tariflar 1 avgustdan kuchga kiradi.
Joriy hafta e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, may oyida AQSh tariflaridan tushgan daromad o‘tgan yilga nisbatan qariyb to‘rt baravarga o‘sib, rekord darajadagi 24,2 milliard dollarni tashkil etgan, bu o‘tgan oyga nisbatan 25 foizdan ko‘proq.
Tramp 2 aprel kuni AQSh savdo hamkorlariga «javob tariflarini» joriy qildi. Bir necha kundan keyin, qimmatli qog‘ozlar bozorlari keskin pasayib borayotgan bir paytda u tariflar uchun 90 kunlik tanaffus e’lon qildi.
Shundan beri faqat ikki davlat – Buyuk Britaniya va Vetnam AQSh bilan savdo bitimini tuzdi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026