O‘zbekiston | 07:51 / 04.07.2025
1616
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya O‘zbekiston OTMlari uchun ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi

Malayziya O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarni beg‘araz taqdim qildi.

Foto: Dunyo

Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari O‘zbekistonga qiymati 20 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan ingliz tilidagi o‘quv va ilmiy adabiyotlar ko‘rinishidagi texnik ko‘makni taqdim etdi.

O‘zbekiston elchixonasi va Malayziyaning MARA texnologiya universiteti o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan.

Uning natijasida erishilgan kelishuvga muvofiq, 500 ga yaqin, jumladan, muhandislik, tibbiyot, moliya-iqtisod, kimyo-biologiya, matematika va kompyuter texnologiyalari kabi yo‘nalishlarga oid ingliz tilidagi adabiyotlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ko‘magida O‘zbekistonga yuborildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid