Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahrida erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi
Gumonlanuvchi Oltinko‘l tumani hududida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan.
Joriy yilning 4 iyul kuni soat 9:30 larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro 1982 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i bilan Andijon shahar O‘rikzor mahallasida kelib chiqqan janjal oqibatida ayolning bo‘yin qismiga xo‘jalik pichog‘i bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Olgan tan jarohati oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchini ushlash bo‘yicha tezkor-qidiruv choralari ko‘rilgan.
Olib borilgan tadbirlar jarayonida gumonlanuvchi Andijon viloyati Oltinko‘l tumani, Ko‘makay mahallasi hududida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan.
Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan bo‘lib, tergov-surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:56 / 01.12.2025
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
08:21 / 21.11.2025
Andijonda uy sharoitidagi narkolaboratoriya fosh etildi
09:46 / 15.11.2025
Sirdaryoda shifoxonada rashk tufayli janjal chiqargan shaxs 15 sutkaga qamaldi
19:46 / 02.11.2025