Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Diplomatik aloqalar 2011 yilda, fuqarolik urushi boshlanishi ortidan uzilgan edi.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmining Damashqqa tashrifi ortidan Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi, deb xabar qildi mamlakat tashqi ishlar vazirligi.
«Britaniya tashqi ishlar vazirining Damashqqa bugungi tashrifi ortidan London Suriya hukumati bilan diplomatik munosabatlarni rasman tikladi», deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, bu britaniyalik vazirning 14 yil ichida Suriyaga ilk safari bo‘ldi.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa va Suriya tashqi ishlar vaziri Asad ash-Shayboniy bilan uchrashdi.
Lemmi Buyuk Britaniya Suriya hukumatini «Suriya fuqarolari uchun barqaror, xavfsiz va farovon kelajak qurishda» qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
2024 yil noyabr oyi oxirida qurolli muxolifat guruhlari Suriya armiyasiga qarshi keng ko‘lamli hujum boshladi. 8 dekabr kuni ular Damashqni egalladi. Bashar Asad Suriya prezidenti lavozimini tark etib, Rossiyaga qochdi. Shundan so‘ng G‘arb davlatlari Damashq bilan munosabatlarni normallashtirish yo‘lini belgiladi.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026