Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi
Iyun oxirlarida Yevrokomissiya XXRga nisbatan shu kabi cheklovni qabul qilgandi. Xitoyning ushbu qarori esa mazkur cheklovga javob hisoblanadi.
Xitoy o‘z hududida ishlab chiqarish faoliyati yuritmaydigan Yevropa kompaniyalarining qiymati 45 million yuandan (taxminan 6,28 million dollar) yuqori bo‘lgan tibbiy uskunalar yetkazib berish bo‘yicha davlat tenderlarida ishtirok etishni taqiqladi.
Ushbu qaror Yevropa Ittifoqi tomonidan Xitoy ishlab chiqaruvchilariga nisbatan qabul qilingan choralarga javob bo‘ldi. Qayd etilishicha, taqiq Xitoyda ishlab chiqarish quvvatiga ega kompaniyalarga taalluqli emas. Yangi qoidalar e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Xitoy Savdo vazirligiga ko‘ra, Pekin kelishmovchilikni hal etish uchun bir necha bor YeI bilan dialog o‘rnatishga tayyorligini bildirgan, ammo Yevropa tomoni bunday yondashuvni e’tiborsiz qoldirishda davom etmoqda.
«Xitoy ko‘plab holatlarda yaxshi niyat va samimiylikni namoyon etdi. Shunga qaramay, Yevropa Ittifoqi cheklov choralarini joriy etishda va yangi proteksionistik to‘siqlar qo‘yishda davom etmoqda», - deyiladi xabarda.
20 iyun kuni Yevrokomissiya YeI davlatlarida tibbiy uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha qiymati 5 million yevrodan oshadigan tenderlarda Xitoy kompaniyalari ishtirokini taqiqlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, iyul boshlarida XXR Savdo vazirligi Yevropa Ittifoqi brendlariga 27,3 foizdan 34,9 foizgacha bojlar joriy etilishini e’lon qildi.
Mavzuga oid
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026