Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeOTB O‘zbekiston YaIM 6,5 foizgacha o‘sishini prognoz qilmoqda
Yevrosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) prognozlariga ko‘ra, 2025 yil yakuniga borib O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 6,5 foizga o‘sishni qayd etadi.
Foto: "Dunyo" AA
"Iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlari aholi daromadlarining oshishi va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan faol investitsiya jarayonlari bo‘ladi", – deb yozgan "Sinxua".
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda inflatsiya darajasi 2025 yilda 8,1 foizgacha pasayishi mumkin. Xorijdan pul o‘tkazmalari hajmining o‘sishi va eksport hajmining oshishi esa milliy valuta uchun qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Jahon banki prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 2025 yilda 5,8 foizni, 2026 yilda esa 5,9 foizni tashkil etadi. Bu esa Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.
Joriy yilning 3 yanvar kuni davlat rahbariga "2025 yil uchun O‘zbekiston davlat budjeti to‘g‘risida"gi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida axborot berilgan edi.
Mavzuga oid
11:26 / 26.12.2025
Prezident: YaIM ilk bor 145 mlrd dollardan oshdi
09:40 / 24.12.2025
AQSh iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sib, prognozlardan oshdi
18:15 / 17.11.2025
Qayta hisobotdan keyin O‘zbekistonning 2024 yilgi yalpi ichki mahsuloti 121 mlrd dollardan oshdi
07:15 / 08.11.2025