O‘zbekiston | 10:27 / 09.07.2025
1261
1 daqiqa o‘qiladi

Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi

“Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Foto: Flickr

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urug‘liklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar reyestrini yuritishga asoslangan yangi tizim joriy etiladi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholovchi yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilandi. 

2026 yil 1 yanvardan Bojxona qo‘mitasi tomonidan raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.

2026 yildan QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini realizatsiya qilgan tadbirkorlarga BHMning 150 baravarigacha ma’muriy jarima qo‘llanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid