Jahon | 11:41 / 09.07.2025
2438
2 daqiqa o‘qiladi

Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari hujumi natijasida Lutskdagi garajlar zarar ko‘rdi, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Kiyev yaqinida bir ayol yaralangan.

Foto: Telegram / dsns_telegram

9 iyul, chorshanbaga o‘tar kechasi Ukrainaning Lutsk shahri «dron va raketalardan foydalangan dushmanning eng yirik hujumi»ga uchradi. Bu haqda ertalab shahar meri Igor Polishchuk ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida «garaj kooperativlaridan birining hududida yong‘in sodir bo‘lgan va garajlarga zarar yetkazilgan, korxonalardan birining hududida yong‘in kelib chiqqan». Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Kechasi Ukraina Havo kuchlari Telegram-kanalida Lutskka UUA va raketalardan foydalangan holda hujum qilish xavfi haqida bir necha bor ogohlantirishlar e’lon qilindi va shahar aholisi boshpanalarda qolishga chaqirildi.

Lutsk Ukrainaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, u Volin viloyatining ma’muriy markazidir.

Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) ham 9 iyulga o‘tar kechasi Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining ommaviy hujumi haqida xabar berdi. Uning rahbari Nikolay Kalashnikning so‘zlariga ko‘ra, Brovarskiy tumanida ushbu hujum natijasida 1980 yilda tug‘ilgan ayol jarohatlangan, dastlabki tashxis - ko‘krak qafasining yopiq sinishi. U kasalxonaga yotqizilgan.

Xersonda 9 iyul tongida Dnipro tumanidagi ikki nafar fuqaro Rossiya uchuvchisiz uchoqlari hujumi oqibatida jarohat oldi – 73 yoshli va 47 yoshli erkak. Shahar harbiy ma’muriyatining Telegram-kanalida xabar berilishicha, kattasi minadan jarohat olgan, yuzi va tanasidan jarohat mavjud, kichigi ham minadan jarohat olgan, boshi va qo‘llari jarohatlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid