O‘zbekiston | 08:28 / 09.07.2025
2481
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziya O‘zbekistonda "halol" oziq-ovqat sanoatini rivojlantiradi

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning CB Synergy kompaniyasi bosh direktori Shaxzeli bin Shaxzulkarib va Perak Halal Corporation kompaniyasi boshqaruv direktori Abdul Aziz Abdul Rahim bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot davomida Qashqadaryo viloyatida "halol" oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Malayziya tomoni mamlakatda "halol" standartlari asosida go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash loyihasini amalga oshirish maqsadida CB Synergy, Perak Halal Corporation Sdn Bhd va PK-Agro Industrial Producs Sdn Bhd. kompaniyalari ishtirokida konsorsium tuzish bo‘yicha kelishuv ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

Perak Halal Corporation kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur qo‘shma korxona Qashqadaryo viloyatida keng qamrovli "halol" sanoatini rivojlantirish, maxsus treninglar tashkil etish orqali sohada bilim va texnologiyalarni o‘rgatish, O‘zbekistonni mintaqaviy "halol" markaziga aylantirish va unga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi.

Abdul Aziz Abdul Rahim konsorsium Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda davlat-xususiy sherikchilik asosida viloyatda "halol" sanoatini rivojlantirish va ekotizimini yaratish bo‘yicha kelishuv imzolashini ma’lum qildi.

Xorij tomoni O‘zbekiston va Malayziya Hukumatlari o‘rtasida "halol" sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolanganiga yuqori baho berib, Malayziya Islom taraqqiyoti departamentining "Halol" sertifikatlarini O‘zbekistonning o‘zida berilishini tashkil etishda o‘z hissasini qo‘shish niyatini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Malayziya kompaniyalari vakillarining mamlakatga missiyasini tashkil etishga kelishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid