Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi
Sirdaryo viloyati Guliston shahri prokurori o‘rinbosari korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Guliston shahar prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbariga nisbatan Boyovut tumani IIB Tergov guruhi ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 168- va 167-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora so‘raydi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonun himoyachisi talab qilingan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
10:39 / 27.06.2026
Suv xo‘jaligidagi korrupsiya davlatga 70 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
19:03 / 24.06.2026