26 iyun kuni Suv xöjaligi vazirligida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining sayyor majlisi bölib ötdi. Majlisga Oliy Majlis Senati raisi, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi raisi Tanzila Norboyeva raislik qildi.

Yiğilişda suv xöjaligi tizimida korrupsiyaning oldini oliş, davlat mablağlaridan samarali foydalaniş, sohani raqamlaştiriş, manfaatlar töqnaşuvini bartaraf etiş hamda oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş masalalari tanqidiy muhokama qilindi.

Ta’kidlanişiça, 2024–2025 yillar hamda joriy yilning ötgan davrida suv xöjaligi tizimida 301 nafar xodim tomonidan 243 ta korrupsiyaviy jinoyat sodir etilgan. Bu qonunbuzarliklar natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 70 milliard sömdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.

Muhokama davomida budjet mablağlarini talon-toroj qiliş, suv tejovçi texnologiyalar uçun ajratilgan subsidiyalardan noqonuniy foydalaniş, suv fondi yerlarini boşqarişdagi qonunbuzarliklar, raqamlaştiriş işlarining sustligi va manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq holatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, sohada joriy etilgan «Aqlli suv» qurilmalarining katta qismi haligaça töliq samarali işlamayotgani tanqid qilindi.

Majlisda korrupsiyaga qarşi kuraşişda asosiy e’tibor alohida huquqbuzarliklarni aniqlaşga emas, balki ularning kelib çiqişiga sabab bölayotgan omillar va şart-şaroitlarni bartaraf etişga qaratilişi lozimligi ta’kidlandi.

Yiğiliş yakunida Suv xöjaligi vazirligi va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga bildirilgan takliflar asosida 10 kun muddat içida sohadagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etişga qaratilgan «yöl xaritasi»ni işlab çiqiş hamda uni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşiga kiritiş vazifasi yuklatildi.