Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari o‘tkaziladi
“2028 yil Los-Anjyeles shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2025 yildan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari shaklida o‘tkazib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu sport musobaqalarda yoshlarni sport bilan doimiy shug‘ullantirish xizmatini ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarning sport tayyorgarligiga ega bo‘lgan sportchilari ishtirok etishadi.
Musobaqalarning respublika final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident olimpiadasi” sifatida o‘tkaziladi.
Musobaqalarning respublika bosqichida saralangan sportchilar quyidagi sport-ta’lim tashkilotlariga milliy terma jamoalarga zaxira sifatida tayyorlash uchun yo‘naltirib boriladi:
- 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar – Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga;
- 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar – hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026