Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hakerlar Braziliya banklaridan 140 million dollar o‘g‘irladi
Hujumda asosiy rolni bank xodimi bajardi, u tajovuzkorlarga 2770 dollar evaziga o‘z akkaunti ma’lumotlarini berdi.
2025 yil 30 iyun kuni hakerlar C&M IT-kompaniyasining ichki tizimlariga kirish orqali Braziliyaning olti bankidan taxminan 140 million dollar o‘g‘irladi.
Kompaniya banklarni mamlakat Markaziy banki bilan bog‘lash bo‘yicha yechimlarni ishlab chiqadi. Hujumda asosiy rolni S&M xodimi Joao Nazareno Roke o‘ynadi, u tajovuzkorlarga 2770 dollar evaziga o‘z akkaunti ma’lumotlarini berdi, keyin esa Notion platformasi orqali buyruqlarni bajarib, qo‘shimcha 1850 dollar ishlab oldi.
Insayder o‘z faoliyatini yashirishga urinib, tez-tez telefonlarini almashtirib turdi, biroq 3 iyul kuni San-Pauluda qo‘lga olindi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, hakerlar uni o‘z safiga jalb qilgan.
Buzg‘unchilik mamlakat aholisining 76 foizdan ko‘prog‘i foydalanadigan PIX lahzali to‘lov tizimiga ta’sir ko‘rsatdi. Banklardan biri qariyb 100 million dollar yo‘qotgani ta’kidlanmoqda.
Tahlilchi ZachXBT so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larning bir qismi - 30-40 million dollar allaqachon birjalar va anonim birjadan tashqari platformalar orqali kriptovalutaga o‘tkazilgan.
C&M kompaniyasining ta’kidlashicha, uning tizimlari buzilmagan - hujumga faqat ijtimoiy muhandislik sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
11:50 / 03.05.2026