Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi Nukus – Oqtov – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha yangi muntazam reysni yo‘lga qo‘ydi.
Foto: "Dunyo" AA
Mazkur havo qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada kengaytirdi.
Yangi reysning ochilishi munosabati bilan Oqtov xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Bosh konsulxona va Mang‘istau viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Har hafta ikki marta amalga oshiriladigan muntazam parvozlar O‘zbekistonga sayyohlar oqimining oshishiga, o‘zaro tashriflar sonining ko‘payishiga, savdo-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
22:13 / 26.11.2025
Saida Mirziyoyeva Nukusdagi Sport gimnastikasi maktabiga tashrif buyurdi
10:45 / 10.10.2025
Putin Dushanbeda Aliyev bilan «yarashdi»
13:33 / 07.10.2025
Saida Mirziyoyeva Nukusdagi mahallada suv tozalash inshootini borib ko‘rdi
16:37 / 03.10.2025