Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Uning yo‘qolib qolgani oradan bir kun o‘tib ma’lum bo‘lgan. Mahbus ozodlikka chiqqan kameradoshining sumkasi ichiga yashiringan holda qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Fransiya janubi-sharqidagi qamoqxonadan 20 yoshli mahbus qamoqxonadan qochib ketdi. U jazo muddati tugagan kameradoshining sumkasiga yashiringan holda ozodlikka chiqqan, deb xabar beradi BFMTV kanali.
Qayd etilishicha, mahbus qochib ketgani qamoqxona rahbariyati tomonidan bir kun keyin, 12 iyul kuni aniqlangan. Hozirda uni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Fransiyalik yigit odam savdosi va o‘g‘irlik kabi qator jinoyatlarni sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan, shuningdek, uyushgan jinoyatchilikka aloqadorligi bo‘yicha tergov ostida bo‘lgan. U bilan kamerada bo‘lgan ikki mahbusdan biri 11 iyul kuni ozodlikka chiqqan.
Penitensiar muassasa holat bo‘yicha ichki tergovni boshlagan. Qamoqxona boshlig‘i Sebasten Kovelning ma’lum qilishicha, bu «bir qator jiddiy qonunbuzarliklarni ko‘rsatib bergan kamdan-kam uchraydigan holatdir». Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qonunbuzarlik «to‘planib qolgan xatolar» natijasidir.
Taxminlarga ko‘ra, Korba kommunasida joylashgan qamoqxona ma’muriyati mahbuslar ko‘pligi bois qochoqni payqamay qolgan. Qamoqxona ma’muriyati vakilining ma’lum qilishicha, muassasa 170 foizga to‘lgan bo‘lib, «bu xodimlar faoliyatini sezilarli darajada qiyinlashtiradi». Bundan tashqari, Rona departamenti Milliy politsiyasining idoralararo boshqarmasi topshirig‘i bo‘yicha qochish holati yuzasidan tergov o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026