O‘zbekiston | 14:24 / 17.07.2025
1004
1 daqiqa o‘qiladi

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi o‘tkaziladi

“Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Foto: KUN.UZ / Muhammadjon G‘aniyev

Farmon bilan “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi

Nizom “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, istiqbolli tashabbuslarni yig‘ish, tahlil qilish va ko‘rib chiqish hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Forum doirasida istiqbolli tashabbuslarni yig‘ish, dastlabki saralash va umumlashtirish jarayonlari Strategik islohotlar agentligi tomonidan har yili 1 iyuldan 1 sentabrgacha o‘tkaziladi.

Forumda muhokama qilish uchun yuboriladigan istiqbolli tashabbuslar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi lozim:

➖ dolzarblik;
➖ o‘ziga xoslik; 
➖ imkoniyatlilik; 
➖ ta’sirchanlik;
➖ tarmoq yoki jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatish.

Mentorlar kengashi tomonidan top-10 deb topilgan eng dolzarb istiqbolli tashabbuslar prezident ishtirokida o‘tkaziladigan forumning yalpi majlisida muhokama qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid