Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 2008 yildan beri birinchi marta Britaniyada yadroviy bomba joylashtirdi
AQSh 2008 yilda yadroviy bombalarni qurolsizlanish jarayoni doirasida Britaniyadan olib tashlagan edi.
Shu hafta AQSh harbiy-havo kuchlari samolyotlari Angliya sharqidagi Saffolk grafligidagi Qirollik havo kuchlarining Leykenxit aviabazasiga bir nechta B61-12 termoyadroviy bombalarini yetkazib berdi. Bu haqda 20 iyul kuni UK Defence Journal xabar berdi.
Nashr OSINTDefender ochiq ma’lumotlar tahlilchisiga tayanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bombalar AQSh harbiy-havo kuchlarining Nyu-Meksikodagi Kirtlend aviabazasidan keltirilgan. 17 iyul kuni Nyu-Meksikodan Saffolkka C-17A Globemaster harbiy-transport samolyoti uchib keldi, uning bortida Buyuk Britaniyada joylashtirish uchun mo‘ljallangan birinchi B61-12 bombalari bo‘lgan.
AQSh Mudofaa vazirligi bombalarning ko‘chirilishi haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqlamadi, Britaniya harbiy idorasi esa, «odatda, muayyan joylarda yadro quroli bor-yo‘qligiga izoh berilmaydi», dedi.
Ilgari Amerikaning yadroviy bombalari Sovuq urush davrida Leykenxit bazasida saqlangan. 2008 yilda ular qurolsizlanish jarayoni doirasida olib tashlandi. Agar bombalarning qaytarilgani haqidagi xabar tasdiqlansa, bu Rossiya bilan munosabatlarning yomonlashuvi fonida NATO Yevropa mintaqasidagi yadroviy siyosatida sezilarli o‘zgarish va Moskvani tiyib turishga urg‘u kuchaytirilganini anglatadi, deb yozdi UK Defence Journal.
B61 yadroviy bombalar oilasi 1960-yillarning boshida ishlab chiqilgan. 2022 yil oktyabr oyida Politico nashri AQSh eskirgan bombalarni almashtirish uchun, shuningdek, Rossiya rahbariyatining yadro qurolidan foydalanish tahdidlari tufayli B61-12 bombalarini tezkor tartibda Yevropaga ko‘chirishi haqida yozgan edi.
B61-12 AQSh arsenalidagi birinchi boshqariladigan yadroviy bomba bo‘ldi. 2023 yilda Pentagon «ehtimoliy dushmanlarning o‘sib borayotgan tahdidlari» tufayli B61 bombasini B61-13 variantiga modernizatsiya qilish rejalarini e’lon qildi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026