Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Lacetti bilan to‘qnashgan Tracker piyodani urib ketdi
Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.
Joriy yilning 20 iyul kuni soat 13:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Oltintepa-Chahbud ko‘chalari chorrahasida Lacetti rusumli transport vositasi va Tracker rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
To‘qnashuvdan so‘ng Tracker haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
11:05 / 17.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026