Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda "Yagona investitsiya platformasi" axborot tizimi joriy qilinadi
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash vazifalari tasdiqlandi.
Bu haqda O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan "Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorda so‘z boradi.
Hujjatda 2025 yil 11 iyun kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisi doirasida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.
Jumladan, davlat rahbari huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi va Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlanmoqda.
Bunda Xorijiy investorlar kengashiga uning huzurida yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil qilish hamda ularning tarkibiga vazirlik va idoralar rahbarlari (xodimlari)ni jalb qilish huquqi berilyapti.
Qarorda kengash kotibiyati va ishchi guruhlar faoliyatini takomillashtirish muhimligi ta’kidlagan va kengash a’zolari hamda xalqaro moliya institutlarining takliflari inobatga olingan.
Qayd etilishicha, kengash kotibiyati nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi va uning a’zoligiga xalqaro moliya institutlarini ham jalb qilinadi.
Kengash kotibiyati xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash orqali mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya mablag‘larini jalb qilishga ko‘maklashadi.
Davlat rahbari tomonidan imzolangan qarorga muvofiq endilikda "Yagona investitsiya platformasi" axborot tizimini joriy qilinadi.
Mavzuga oid
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026
Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ilk a’zolari e’lon qilindi
17:50 / 16.06.2026