Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 15:11 / 26.07.2025
5769
1 daqiqa o‘qiladi
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy ko‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 25 iyul kuni soat 10:31 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy ko‘chasi 72-uy oldida daraxtlar yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 10:36 da yetib borib, yong‘in soat 10:42 da o‘chirildi.

Aytilgan manzilda 7 ta archa daraxti yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
08:47
FVV: “Beshqo‘rg‘on”dagi yong‘inda jabrlanganlar yo‘q
23:50 / 05.04.2026
Beshqo‘rg‘on bozorida yirik yong‘in – voqea joyidan reportaj
17:20 / 05.04.2026
Toshkentdagi «Beshqo‘rg‘on» bozorida yong‘in chiqdi (video)
21:21 / 26.03.2026