Sud Toşkentning Yakkasaroy tumanida 3,5 yildan beri davom etayotgan bahsli hudud böyiça aholi foydasiga qaror çiqardi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tumanning Yunus Rajabiy mahallasidagi yaşil hudud bilan boğliq iş Oliy sud taftiş instansiyasida körib çiqilgan. Sud qarori bilan Toşkent şahar quriliş boş boşqarmasining 2023 yil 30 apreldagi D.Yu.ga ijara huquqi asosida tegişli bölgan yer maydoniga savdo va maişiy kompleks, ofis va avtoturargoh quriş mumkinligi haqidagi xulosasi haqiqiy emas deb topilgan.

Şu tariqa Toşkent şahar ma’muriy sudi taftiş instansiyasining 2024 yil 6 dekabrdagi qarori özgarişsiz qoldirilgan.
Oliy sud taftiş instansiyasining qarori fuqarolar tomonidan qarsaklar bilan olqişlangan.
Kun.uz avvalroq uşbu yaşil hudud va bolalar futbol maydonçasi quriliş xavfi ostida qolayotgani haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Şundan söng Oliy sud sudyalari mazkur hududda bölib, aholining vajlarini va işda aniqlangan holatlarni joyida tekşirgan edi.








