Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
"Egasiz ko‘chmas mol-mulklarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga muvofiq egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi.
Egasiz ko‘chmas ashyo hisobga olinganidan keyin bir yil muddat o‘tgach, davlat mol-mulkini boshqarishga vakolati bo‘lgan organ yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bu ashyoni davlat mulkiga yoki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi mulkiga kirgan deb hisoblash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etishi mumkin.
Prezidentning «2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida»gi farmoni bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab egasiz ko‘chmas mulk obektlarini davlat mulki obekti sifatida davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalarni kiritish huquqi berilgan.
Belgilanishicha, egasiz ko‘chmas mol-mulklarni (uy-joy fondidan tashqari) aniqlash, egasiz ko‘chmas mulk obektlarini davlat mulki obekti sifatida davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalarni kiritish hamda davlat tasarrufiga o‘tkazilgan obektlaridan samarali foydalanish vazifalari – Davlat aktivlari agentligi huzuridagi Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi egasiz ko‘chmas mol-mulklarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:
egasiz ko‘chmas mol-mulklarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibini belgilash;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ko‘chmas mol-mulklarni egasiz ko‘chmas mol-mulk deb e’tirof etishi va davlat mulkiga o‘tkazish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish huquqini berish.
Raqamli texnologiyalar vazirligi Davlat aktivlari agentligi bilan birgalikda:
egasiz bino va inshootlarni aniqlash hamda hisobini yuritish bo‘yicha maxsus elektron axborot tizimini ishlab chiqadi;
mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ushbu axborot tizimini boshqa axborot tizimlari bilan «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
14:13 / 04.05.2026