Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi
Toshkent viloyati Parkent tumanida Koreya Respublikasi andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi.
Foto: "Dunyo" AA
Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur loyiha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyaning 2022 yilda Koreya Respublikasiga amaliy safari davomida ilgari surilgan tashabbusi asosida amalga oshirildi.
Geongsangbuk-do viloyatida joylashgan mashhur Andong Xaxve folklor qishlog‘i bilan tanishuv chog‘ida, shunday etno-qishloqni Parkent tumanida tashkil etish taklifi bildirilib, davlat rahbari tomonidan mazkur tashabbus ma’qullangan edi. Bugungi kunga kelib loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilib, o‘z faoliyatini boshladi.
Bundan asosiy maqsad hududning betakror tabiati va etnografik xususiyatlarini asrab-avaylash, shu orqali ichki va tashqi turizmni rivojlantirishdir.
Ochilish marosimida mehmonlar uchun folklor san’ati chiqishlari, milliy liboslar namoyishi va rassomchilikka oid tasviriy san’at ko‘rgazmalari tashkil etildi. Mahalliy va xorijiy OAV vakillari, shu jumladan, Janubiy Koreyaning Move jurnali ijodiy guruhi uchun esa Parkent tumani bo‘ylab press-tur tashkil qilindi.
Info-tur davomida oilaviy mehmon uyi, shuningdek, "Kumushkon" hududidagi "Oltin bel" tepaligida qurilayotgan kurort zonalari, yengil turdagi mehmonxonalar va boshqa turistik infratuzilma loyihalari bilan tanishtirildi.
Mavzuga oid
09:50 / 04.12.2025
O‘zbekiston Goa bilan turizm sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda
16:06 / 27.11.2025
O‘zbekistonda turizm orqali 19 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi
14:30 / 26.11.2025
Keksalar uchun turizm oyligi: O‘zbekistonda mehmonxona, transport va muzeylar uchun chegirmalar berilmoqda
18:02 / 25.11.2025