Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspert: Rossiya harbiy xarajatlari SSSR darajasiga yaqinlashdi
Rossiyaning harbiy xarajatlari SSSR darajasiga yaqinlashdi, dedi nemis iqtisodchisi Yanis Klyuge. U Rossiyaning Sovet Ittifoqi kabi qulashini kutmaslikka chaqirdi, chunki uning iqtisodiyoti hozir rejali emas, bozor iqtisodiyotiga o‘xshaydi.
Foto: TASS
Rossiyaning harbiy xarajatlari oxirgi Sovet Ittifoqi darajasiga yaqinlashdi. Bu baho Berlin Fan va siyosat jamg‘armasi (SWP) ilmiy xodimi, nemis iqtisodchisi Yanis Klyuge tomonidan berildi. Uning sharhi Frankfurter Allgemeine Zeitung (FAZ) gazetasida chop etildi.
Klyugening aytishicha, u nafaqat Rossiya federal budjetining to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy xarajatlarini, balki mintaqaviy budjetlar va ijtimoiy tizimlar uchun urush bilan bog‘liq yukni, shuningdek, Milliy farovonlik jamg‘armasi xarajatlarini ham hisobga olgan.
Umumiy harbiy xarajatlar, uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya yalpi ichki mahsulotining 8-10 foizini tashkil etdi. «Bu Sovet Ittifoqiga oid ba’zi taxminlardan uzoq emas», dedi iqtisodchi. 2025 yil aprel oyida Stokholm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti 2024 yil oxirigacha Rossiyaning harbiy xarajatlarini YaIMning 7,1 foizini tashkil etishini bildirgandi.
FAZ'ning eslatishicha, sobiq SSSR davridagi harbiy xarajatlar to‘g‘risida hali ham aniq ma’lumotlar yo‘q. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular sovet yalpi ichki mahsulotining 10-20 foizini tashkil etgan.
Klyuge Rossiya Federatsiyasining hozirgi iqtisodiy muammolarini SSSR parchalanishiga olib kelgan muammolar bilan solishtirmaslikka chaqirdi. Olimning fikricha, Rossiya iqtisodiyoti yalpi ichki mahsulotning 15 foizini tashkil etgan harbiy xarajatlar bilan ham barqaror qolishi mumkin. Bunday holda, oddiy ruslarning daromadi keskin kamayadi, lekin «mamlakat parchalanmaydi», dedi iqtisodchi.
Mavzuga oid
14:35 / 20.11.2025
SSSRni larzaga solgan josuslik. Nega KGB generali o‘ta maxfiy ma’lumotlarni amerikaliklarga bergandi?
07:36 / 07.11.2025
Uchta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha eng katta harbiy xarajatga ega davlatlar
12:26 / 26.09.2025
Harbiy xarajatlar RF budjetida yana uch yil ustuvor bo‘lib qoladi
19:29 / 22.09.2025