O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
17056
1 daqiqa o‘qiladi

Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi

Shuningdek, u Inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisiga rahbarlik qiladi.

Nozimaxon Davletova

Nozimaxon Eldarovna Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti – Inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Prezident Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti, Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid