Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda "Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasiga start berildi
30 iyul - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan joriy yil 30 iyuldan 30 avgustgacha «Vatanga qaytarish» nomli xayriya aksiyasi o‘tkaziladi.
Aksiya Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tashkil etilyapti.
Aksiya doirasida xorij davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish va ularni samarali reintegratsiya qilish maqsad qilingan.
Murojaat uchun: Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari, @huquqiy_yordam_uzbot yoki 12-82 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026