Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiqda ikkita yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi
FVV qutqaruvchilari Qamchiq dovonida YTHga uchragan haydovchilarga yordam berdi.
Foto: Videodan kadr
Kecha, 30 iyul kuni soat 22:15 da A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Ushbu yo‘lda harakatlangan ISUZU rusumli yuk avtomobilining tormoz tizimidagi nosozligi tufayli harakatlanib ketayotgan IVECO rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ushbu holat bo‘yicha amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida «Qamchiq» maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVV qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan hamda maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomobillariga amaliy yordam ko‘rsatilib, xavfsiz hududga olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mavzuga oid
12:52 / 02.03.2026
Bektemir tumanida piyoda ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:18 / 01.03.2026
Dovon ortidagi qishloq: Chetsuvda bir kun
10:47 / 27.02.2026
Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi odam urib yuborib, hodisa joyidan ketib qoldi
08:26 / 27.02.2026