Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlash tizimiga o‘tiladi
2028 yilgacha respublika bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlash tizimiga o‘tiladi. Shu asosda ko‘chmas mulk solig‘i stavkalari ham pasaytirib boriladi. Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev Toshkentda uy-joyning minimal qiymatini belgilash va kelgusida shu me’yorga rioya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni taklif qildi. U poytaxtda uy-joyning 1 kv metr qiymati kamida 500 dollar ekanini ta’kidlayapti.
O‘zbekistonda bozor qiymatiga o‘tilganidan so‘ng ko‘chmas mulk solig‘i stavkalari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu 2026−2028 yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyasida keltirib o‘tilgan.
«Soliq solish maqsadida ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlash tizimini respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etish va ko‘chmas mulk solig‘i stavkalarini shu asosda pasaytirish ko‘zda tutilgan», deyiladi hujjatda.
17 iyul kuni qurilish sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev sotuv vaqtida uy-joy narxini sun’iy ravishda pasaytirish holatlari kuzatilayotgani haqida gapirgandi.
Qudbiyevga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyul oylarida bitimlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq 2000 ta holatda uy-joyning 1 kv metr qiymati 1 mln so‘m deb ko‘rsatilgan. Bunday obektlarning umumiy maydoni 353 ming kv metrni tashkil etadi.
9300 ta holatda 1 kvadrat metr 1−3 mln so‘mdan sotilgan bo‘lib, umumiy maydon 702 ming kv metrni tashkil etgan. Yana 13,5 ming bitimda umumiy maydoni 933 ming kv metr bo‘lgan uy-joylar 1 kv metr uchun 3−5 mln so‘mdan baholangan.
Soliq qo‘mitasi rahbari Toshkentda uy-joyning minimal qiymatini belgilash va kelgusida shu me’yorga rioya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni taklif qildi. U poytaxtda uy-joyning 1 kv metr qiymati kamida 500 dollar ekanini ta’kidladi.
Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i bilan ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti tasdiqlangani xabar qilingandi.
Ommaviy baholashni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilmoqda:
· 2025-2026 yillarda – tajriba tariqasida Toshkent shahrida;
· 2026-2027 yillarda – Nukus shahri va viloyat markazlarida;
· 2027 yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.
Yangi tizim ko‘chmas mulkning kadastr qiymatini bozor narxiga yaqinlashtirishi kerak.
Mavzuga oid
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
20:38 / 07.04.2026