Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada qulagan vertolyot ekipajini qidirish 12 kundan buyon davom etmoqda
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 25 iyul kuni halokatga uchragan Eurocopter EC‑145 harbiy vertolyoti ekipajini qidirish operatsiyasi 12 kundan buyon davom etmoqda.
Qidiruv‑qutqaruv ishlariga 330 dan ortiq shaxsiy tarkib, 59 ta avtotransport vositasi, 23 ta suv transporti, 12 ta uchuvchisiz uchish apparati, shuningdek exolotlar, georadarlar, aviatsiya va kinologiya xodimlari jalb etilgan. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Bortida 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan harbiy vertolyot 25 iyul kuni rejali parvoz vaqtida radarlardan yo‘qolib qolgan, o‘sha kuni Sorbuloq ko‘li yaqinida uning qoldiqlari topilgandi.

O‘shandan beri davom etayotgan qidiruv ishlari ko‘l tubining loyqaligi, suv ostida ko‘rish imkoniyati cheklangani sharoitida kun-u tun davom etmoqda. Shuningdek, ko‘l sohillari va akvatoriyasi ham tekshirilmoqda.
Operatsiya bilan birga, aviatsiya hodisasi bo‘yicha tergov ham ketyapti.

“Yo‘qolgan vertolyot ekipaji a’zolarining taqdiri va fojiaga olib kelgan sabablar aniqlanguncha, qidiruv ishlari davom ettiriladi”, – deyiladi Qozog‘iston Mudofaa vazirligining 4 avgust kungi bayonotida.
Mavzuga oid
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:56 / 12.06.2026