Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suyultirilgan gaz mahsuloti noqonuniy saqlanayotgan "bunker" aniqlandi
«Hududgazta’minot» AJ boshqaruv raisi topshirig‘i bilan ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda tabiiy va suyultirilgan gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Foto: Hududgazta’minot
Andijon viloyati Asaka tumanidan kelib tushgan tezkor ma’lumot asosida «Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va FVB xodimlari bilan hamkorlikda tumanning «Xonaqa» MFYda yashovchi fuqaro I. S. xonadonida o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganishlar davomida xonadonda 63 dona (34 dona suyultirilgan gaz to‘ldirilgan, 29 dona bo‘sh) maishiy gaz ballonlarini texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlandi. Shuningdek, 1 dona tarozi va gazni avtomobillarga o‘tkazishga moslashtirilgan 4 dona rezina shlanglar borligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Mavzuga oid
19:51 / 04.12.2025
Energetika vazirligi yaratgani iddao qilingan mobil ilova xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib chiqdi
11:42 / 07.11.2025
Imtiyozli suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga urinish fosh etildi
19:17 / 12.10.2025
Metan “zapravka”larga limit qo‘yilgani haqidagi xabarlar asossiz - “Hududgazta’minot”
14:47 / 29.07.2025