Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston O‘zbekiston savdo uylarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi delegatsiyasining Kobul shahriga safari doirasida O‘zbekiston–Afg‘oniston biznes-forum va B2B shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi.
Afg‘oniston savdo va sanoat vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy forumning ochilish qismidagi nutqida, afg‘on xalqini doimiy tarzda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan O‘zbekiston prezidenti va hukumatiga minnatdorlik bildirdi.
Qayd etilishicha, 2025 yilning birinchi yarmida Afg‘onistonning O‘zbekistonga eksporti ilk bor 130 million AQSh dollaridan oshib, 300 foiz o‘sishga erishdi. Bunday natijaga, O‘zbekiston hukumatining temiryo‘l orqali yuk tashish uchun afg‘on tomoniga taqdim etilgan chegirmalar va "Termiz–Hayraton" chegara punktida yaratilgan qulay sharoitlar ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Afg‘oniston tomoni Kobul va Mozori-Sharif shaharlarida ochilgan O‘zbekiston savdo uylari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Afg‘oniston savdo-sanoat palatasi raisi Said Karim Hoshimiy o‘zbek va afg‘on xalqlari o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik rishtalarini ta’kidladi. "O‘zbekiston rahbariyatining siyosiy irodasi va amaliy harakatlari ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy aloqalarni faol rivojlantirishga turtki bermoqda", – dedi u.
Tadbir davomida tomonlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va mavjud muammolar muhokama qilindi.
Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan B2B shaklidagi uchrashuvlarda esa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish xususida fikr almashildi.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026