Iqtisodiyot | 18:41 / 08.08.2025
3179
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim sohalarda mehnat shartnomalari elektron shaklga o‘tadi

Xodimlari soni 50 nafargacha bo‘lgan kafe-restoranlar va boshqa xizmat ko‘rsatish kompaniyalari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasidagi ish beruvchilar xodimlar bilan Face-ID orqali elektron shartnoma tuzishi va bekor qilishi mumkin bo‘ladi. Mehnat qonunchiligi buzilgan holatlarni ish beruvchi ishtirokisiz ko‘rib chiqish va elektron shaklda ma’muriy qaror qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Unsplash

“Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 sentabrdan e’tiboran:

  • xodimlari 50 nafargacha bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT)da biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirishga ruxsat beriladi;
  • davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilinadi;
  • “Xavfni tahlil etish” tizimining tahlil natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorni xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmaydi.

2026 yil 1 yanvardan e’tiboran, YaMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz ko‘rib chiqish va qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha elektron ma’muriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid