Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyundan kafe va restoranda qisqa muddatga ishchi yollashga ruxsat beriladi
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, xodimlarni soddalashtirilgan tartibda, ya’ni 1 kunlik yoki 7 kunlik kabi qisqa muddatga rasmiy yollash mumkin bo‘ladi.
Kafe va restoranga xodimni soddalashtirilgan tartibda, ya’ni bir kunlik yoki 7 kunlik kabi qisqa muddatga rasmiy yollash imkoniyati joriy qilinmoqda.
Bu haqda «Kichik biznes sub’yektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi prezident farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra, 2026 yil 1 iyundan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tarzda, shu kunning o‘zida va muayyan muddatga rasmiylashtirish va ish haqini to‘lash tartibi joriy etiladi.
Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev ham tushuntirish berdi.
«Ba’zi bir umumiy ovqatlanish yoki turizm, mehmonxona sohasida xodimlarni bir kunlik, bir haftalik ishga olish holati ko‘p kuzatiladi. Bunda xodimni shu kunning o‘zida, ya’ni bir kunlik ish haqi berish evaziga yoki bir haftalik ish haqi berish evaziga rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi», dedi u.
Mavzuga oid
19:22 / 16.06.2026
O‘zbekistonda ish tashlash huquqi joriy etilmoqda. U qanday ishlaydi?
20:02 / 11.06.2026
Ish tashlash taqiqlangan sohalar belgilandi
18:55 / 11.06.2026
Ish tashlashni amalga oshirish tartibi belgilandi
12:01 / 21.05.2026