Ta’lim | 12:50 / 08.08.2025
2011
1 daqiqa o‘qiladi

Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga ko‘ra, davlat xizmati ERP sport tizimi orqali Sport vazirligi tomonidan ko‘rsatiladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.

ERP sport tizimida ma’lumotlar to‘liq shakllangandan so‘ng 1 ish kunida QR-kod qo‘yilgan holda elektron shaklda malaka toifasi to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtiriladi.

Bu haqida avtomatik tarzda trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali SMS-xabarnoma yuboriladi.

Malaka toifasi 4 yil muddatga beriladi.

Mavzuga oid