Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga yangi «bonus»: xalqaro sovrinli o‘rinlar uchun 20 foizgacha ustama
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Endi faoliyatida ijobiy natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari mavjud ustamalardan tashqari, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 20 foizigacha rag‘batlantirilishi mumkin.
Rag‘batlantirish o‘qituvchining o‘tgan kalendar yil (yanvar—dekabr) davomida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritilgan musobaqalardagi ishtiroki, xalqaro assotsiatsiyalar o‘tkazadigan Osiyo va jahon chempionatlari, shuningdek xalqaro olimpiadalarda erishgan natijalari asosida belgilanadi.
Har yili 15 yanvargacha ishchi guruh o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha o‘qituvchilarga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan oylik ustama miqdorini tasdiqlaydi.
Ustamalar miqdori (me’yorlar bo‘yicha):
- 5 foiz — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichlarida g‘oliblik (1-o‘rin) uchun;
- 10 foiz — respublika bosqichida sovrinli o‘rinlar (1–3-o‘rin) uchun;
- 20 foiz — xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlar uchun.
Ustama mavjud qo‘shimcha to‘lovlarga qo‘shimcha ravishda beriladi va jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
Me’yorlar o‘tgan yil natijalariga tayanadi, dalillar (protokol, sertifikat va h.k.) ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Maqsad — maktablarda jismoniy tarbiya yo‘nalishida natijaga yo‘naltirilgan mehnatni rag‘batlantirish va o‘quvchilar sportdagi ishtirokiga turtki berish.
Mavzuga oid
12:43 / 19.09.2025
Termizda maktab o‘qituvchilari konsertga bilet olishga majburlanayotgani aytilmoqda
12:50 / 08.08.2025
Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi
21:19 / 07.08.2025
Samarqandda ham o‘qituvchilar maktab ta’mirlashga jalb etildi
19:01 / 02.01.2025