Buvayda tumanida öqituvçilarni tun-u kun navbatçilikda turişga majburlagan maktab direktori işdan olindi. Bu haqda Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, holat boşqarma tomonidan örganilgan. Unda tumandagi 37-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi tomonidan pedagogik jamoaga ularning lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifa yuklangani – amaldagi tartiblarga zid ravişda navbatçilik qilişlari talab etilgani aniqlangan.

“Viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasining 2025 yil 6 yanvardagi buyruğiga asosan 37-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi X.N. vazifasidan ozod etildi”, deyiladi boşqarma xabarida.

Tizim rahbarlari kelgusida bunday holatlarga yöl qöymasliklari yuzasidan ogohlantirilgani bildirilgan. Şuningdek, boşqarma ijtimoiy tarmoq kuzatuvçilari va foydalanuvçilaridan bitta maktabdagi jarayonni butun tizimdagi holat sifatida baholamasliklarini söragan.

Kun.uz avvalroq maktab direktori Hasanboy Nişonov buyruği bilan pedagoglar 25 dekabrdan 6 yanvarga qadar tun-u kun navbatçilikka jalb qilingani haqida yozgandi. Öqituvçilar 5 kunlik rasman dam oliş kunlarida ham ikki smenada maktabda qolişga majburlangan.