Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obektlarni Fast-track usulida qurishga ruxsat berish amaliyoti bekor qilinadi
"Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini nazorat qilishda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligining obektlarni Fast-track usulida qurishga ruxsat berish amaliyotini bekor qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda quyidagi masalalarni tegishli qonun, kodeks va normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjatlar loyihalarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
- qurilish reglamentlari, milliy qurilish normalari hamda smeta-resurs normalarining huquqiy maqomini belgilash;
- master-rejalarning huquqiy maqomi va unga rioya etmaslik uchun javobgarlikni belgilash;
- obektlarning xavf-xatar toifasi bo‘yicha murakkablik toifasi va seysmik xavfsizlik jihatdan toifasini uyg‘unlashtirish (yagona toifani joriy etish), shuningdek, ushbu toifalarni hukumat qarori bilan tasdiqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
- kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turlaridan chiqarish;
- bino-inshootlar va obektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va loyihalashtirish faoliyati bo‘yicha beriladigan litsenziyalarning amal qilish muddatlarini ularning xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilash;
- litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tegishli qarori bilan loyiha tashkilotlari litsenziyasining amal qilishini vaqtincha olti oy muddatgacha to‘xtatish;
- yuridik shaxslarga (jumladan, ularning ta’sischilari va rahbarlariga) arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati bo‘yicha berilgan litsenziyasi bekor qilingan taqdirda, bir yil muddatgacha litsenziya olishni taqiqlash talabini belgilash;
- arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash talablari va shartlariga yuridik shaxsning shtatida yoki o‘rindoshlik asosida ishlaydigan mutaxassislariga talablarni aniq belgilash, bunda:
- mutaxassislar kompetensiyasini tasdiqlovchi sertifikatlar mavjudligi;
- ularning shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlari (portfolio);
- talabgor tashkilotda ishlaydigan mutaxassislarning darajasini so‘ralayotgan litsenziya toifasiga bog‘lash kabi mezonlar inobatga olinishi lozim;
- loyihachining mualliflik nazorati samaradorligini oshirish. Bunda, mualliflik nazorati muhandisini aniq belgilash hamda nazoratni amalga oshirish shartnomasini alohida tuzilishini ta’minlash lozim.
Mavzuga oid
21:18 / 20.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishining borishi bilan tanishdi
23:49 / 04.08.2025
Hukumat “Sea Breeze Uzbekistan” qurilishini tasdiqladi
18:34 / 11.12.2024
Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur - Konstitutsiyaviy sud
13:41 / 27.01.2021