Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Netanyahuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Fransiya prezidenti Netanyahuning G‘azo ustidan nazorat o‘rnatish va HAMASni butkul yo‘q qilish rejasiga ilk bor munosabat bildirdi.
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning militaristik urinishlaridan afsusdaligini ta’kidladi.
Le Figaro nashrining yozishicha, Makron G‘azo sektorida xavfsizlikni ta’minlash uchun BMT missiyasi haqidagi o‘z taklifini yana ilgari surgan.
Fransiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo shahri va al-Mavasi lagerlaridagi operatsiyani kengaytirish hamda Falastin hududlarini qaytadan bosib olish rejasi "misli ko‘rilmagan jiddiy falokat va urushga intilishni anglatadi".
Gazetaning qayd etishicha, Fransiya prezidenti Netanyahuning G‘azo ustidan nazorat o‘rnatish va HAMASni butkul yo‘q qilish rejasiga ilk bor munosabat bildirdi.
BMTning 30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan konferensiyasida Makron G‘azo sektoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun “BMT mandati ostida xalqaro koalitsiya tuzish”ni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
10:07 / 23.05.2026
Eyfel minorasining bir qismi auksionda sotildi
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:25 / 18.05.2026