Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning militaristik urinişlaridan afsusdaligini ta’kidladi. 

Le Figaro naşrining yozişiça, Makron Ğazo sektorida xavfsizlikni ta’minlaş uçun BMT missiyasi haqidagi öz taklifini yana ilgari surgan.

Fransiya prezidentining sözlariga köra, Isroilning Ğazo şahri va al-Mavasi lagerlaridagi operatsiyani kengaytiriş hamda Falastin hududlarini qaytadan bosib oliş rejasi "misli körilmagan jiddiy falokat va uruşga intilişni anglatadi".

Gazetaning qayd etişiça, Fransiya prezidenti Netanyahuning Ğazo ustidan nazorat örnatiş va HAMASni butkul yöq qiliş rejasiga ilk bor munosabat bildirdi. 

BMTning 30 iyul kuni bölib ötgan konferensiyasida Makron Ğazo sektoridagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun “BMT mandati ostida xalqaro koalitsiya tuziş”ni taklif qilgandi.