Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Latviyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisini qabul qildi
Latviyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaunzems Girs Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Latviyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaunzems Girsni qabul qildi.
“Latviyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaunzems Girs janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p yillik aloqalarni yanada mustahkamlashga, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy miqyosda ochishga tayyor ekanligimizni bildirdik”, deb yozdi vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Baxtiyor Saidov elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va O‘zbekistondagi diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilagan.
“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p yillik aloqalarni yanada mustahkamlashga, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy miqyosda ochishga tayyor ekanligimizni bildirdik.
Janob elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va mamlakatimizdagi diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, vazir Saidov.
Mavzuga oid
09:50 / 27.02.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda shahzoda Edvard bilan uchrashdi
22:00 / 21.02.2026
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan suhbatlashdi
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
18:20 / 15.02.2026