Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Lukashenko bilan qo‘ng‘iroqlashdi
Belarus prezidenti Donald Trampga oilasi bilan Minskka tashrif buyurishni taklif qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
"Suhbatdan maqsad, 16 nafar mahbusni ozod qilgani uchun unga minnatdorlik bildirish edi. Biz shuningdek, yana 1300 mahbusning ozodlikka chiqarilishi masalasini muhokama qilamiz", - deb yozdi Amerika yetakchisi Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Belarus prezidenti matbuot xizmati ham mazkur muloqot haqida xabar berdi.
"Ikki mamlakat yetakchilari ikki tomonlama hamkorlik, mintaqaviy mavzular va qaynoq nuqtalar, xususan, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi. Belarus prezidenti Donald Trampni oilasi bilan Minskka tashrif buyurishni taklif qildi va ushbu taklif qabul qilindi", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:09 / 25.06.2026
«Zelenskiyning ishlari chakki emas. U jasur odam» – Tramp
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
13:28 / 22.06.2026
AQSh–Eron sulhi: kim nimaga erishdi?
22:10 / 21.06.2026