Jahon | 00:33 / 15.08.2025
4732
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriyaga qurol-yarog‘ yetkazib beradi

O‘tgan oyda Damashq o‘z mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘rab Anqaraga murojaat qilgandi.

Foto: AP Photo

Turkiya mudofaa bo‘yicha imzolangan kelishuv doirasida Suriyaga qurol-yarog‘, harbiy jihozlar  yetkazib beradi, hamda moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligi vakili ma’lum qildi.

Ushbu bayonot Turkiya va Suriya mudofaa vazirlari Yasar Gyuler va Murxaf Abu Kasra harbiy tayyorgarlik bo‘yicha memorandum imzolaganidan bir kun o‘tib e’lon qilindi.

O‘tgan oyda Damashq o‘z mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘rab Anqaraga murojaat qilgandi.

Turkiya mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya kelishuv doirasida “o‘z bilim va tajribalari” bilan o‘rtoqlashadi hamda Suriya mudofaa salohiyatini kuchaytirish uchun qurol-yarog‘ hamda harbiy jihozlar yetkazib beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid