Jahon | 23:07 / 16.08.2025
4303
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa yetakchilari Tramp va Zelenskiy uchrashuviga taklif etildi

Zelenskiy 16 avgust kuni Tramp va Yevropa yetakchilari bilan muloqot o‘tkazganini va 18 avgust kuni AQShga borishini ma’lum qildi.

Foto: AP

Yevropa yetakchilari dushanba kuni Oq uyda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uchrashuviga taklif etildi, deb xabar berdi NYT gazetasi o‘z manbalariga tayanib. 

"Dushanba kuni Tramp Oq uyda nizoni hal qilish rejasini Zelenskiy bilan muhokama qiladi va Yevropa yetakchilari ham uchrashuvda ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.

Zelenskiy 16 avgust kuni Tramp va Yevropa yetakchilari bilan muloqot o‘tkazganini va 18 avgust kuni AQShga borishini ma’lum qildi.

Tramp Putin bilan muzokaralardan so‘ng, Fox News telekanaliga bergan intervyusida tomonlar “kelishuvga ancha yaqin” ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Ukraina bunga rozi bo‘lishi kerak va hammasi “prezident Zelenskiyga bog‘liq”.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid