Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari
Abduqodir Husanov zaxiradan maydonga tushdi, «Tottenhem» hujumchisi shedevr gol urdi. Shanba oqshomida Yevropa chempionatlaridagi asosiy voqealar va o‘yinlardagi gollar.
Angliya: Risharlisonning shedevri va Holandning barqarorligi
APL. 1-tur. 16 avgust
«Aston Villa» — Nyukasl 0:0
«Aston Villa»: Bizot, Kesh, Konsa, Mings, Din, Kamara, Onana, Makginn (Malen, 84), Tilemans, Rodjyers, Uotkins.
«Nyukasl»: Poup, Trippiyer, Sher, Byorn, Livramento, Bruno, Tonali, Joelinton, Elanga (Myorfi, 78), Gordon, Barns (Osula 90).
Ogohlantirishlar: Joelinton (45) – Kamara (58).
Chetlatish: Konsa 66.
«Nyukasl» mavsumni isyon ko‘targan va o‘zini «Liverpul»ga qo‘yib yuborishni talab qilayotgan Isaksiz boshladi. Shvetsiyalik hujumchiga muqobil yo‘qligi tufayli Eddi Hau Gordon, Elanga va Barnsdan iborat bir-birining o‘rnini almashtirib o‘ynovchi hujum uchligini tuzdi. «Aston Villa» esa o‘yinni Emiliano Martinessiz boshladi. Argentinalik posbon Birminghemda qolgan, ammo diskvalifikatsiya tufayli birinchi turni o‘tkazib yuborishga majbur edi. Uning o‘rnini egallagan Bizot esa bir qancha vaziyatlarda mezbonlarni qutqarib qoldi, hujum vakillari esa juda sust harakat qilishdi. Unai Emeri shogirdlari dastlabki 45 daqiqalikda raqib darvozasi tomon birorta ham zarba berolmadi.
Ikkinchi bo‘limda esa 66-daqiqda Konsaning maydondan chetlatilishi «Villa»ning ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Shunday ekan, golsiz durangni mezbonlar foydasiga yozish mumkin, ushbu jamoa moliyaviy muammolar tufayli yozgi transferlarda faollik qila olmadi. O‘tgan mavsumda klub faqat Duglas Luizni sotish evaziga APLdagi xarajatlar limitida balansga erisha olgandi. Ammo jamoa baribir moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan, shuning uchun yozda UYeFA 9,5 million funt miqdorida jarima qo‘llagan. Emeri qoidalar eskirgani va ko‘plab klublarni cheklab, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yishga xalal berayotgani haqida gapirdi. Ammo qonunlarga rioya qilish kerak, shu tufayli «Villa» yangi xaridlar uchun xarajat qila olmaydi, muvozanatni esa daromadlarni keskin ko‘tarish yoki maoshlarni qisqartirish orqali muvozanatlashtirish mumkin.
«Tottenhem» — «Byornli» 3:0
Gollar: Risharlison 10, 60 (dubl), Jonson 66.
«Tottenhem»: Vikario, Porro, Romero, van de Ven, Spens, Grey (Bentankur, 72), Bergvall (Palinya, 80), Quddus (Tel, 85), Sarr, Jonson (Odober, 80), Risharlison (Solanke, 72).
«Byornli»: Dubravka, Zonne (Chauna, 74), Uoker, Ekdal, Estev, Gartman, Mejbri (Larsen, 63), Kallen, Loran (Ugochukvu, 63), Entoni (Edvards, 85), Foster (Fleming, 74).
«Shporlar» birinchi turni shu qadar ko‘tarinki boshlashdiki, endi ko‘pchilik Quddus va Risharlison juftligini klub afsonalari Keyn hamda Son Hyong Min bilan solishtirmoqda. Bu juftlik Yevropa Superkubogida ham yaxshi o‘ynagan, shanba oqshomida esa o‘yinni hal qilishdi. Ganalik yarimhimoyachi ikki bor assistentlik qildi, braziliyalik hujumchi uning uzatmalarini golga aylantirdi. Mavsum endigina boshlanganiga qaramay, hozirdan aytish mumkinki, Risharlisonning «qaychi uslubi»dagi zarbasi chempionatning yakuniy hit-paradidan o‘rin oladi.
Dubl muallifi bu oqshomda asosiy tarkibdagi o‘rnini Solankedan olib qo‘ydi deyish mumkin. Risharlison uchinchi golli hujumda ham ishtirok etdi, Brennan Jonson ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni yiriklashtirdi – o‘tgan mavsumni 16-o‘rinda yakunlagan jamoa yangi bosh murabbiy Tomas Frank bilan yangi mavsumni kuchli boshlamoqda. Chempionshipdan qaytgan «Byornli»da esa vaziyatni o‘zgartirish uchun hech qanday imkoniyat bo‘lmadi.
«Vulverhempton» — «Manchester Siti» 4:0
Gollar: Holand 34, 61 (dubl), Reynders 37, Sherki 81.
«Vulverhempton»: Joze Sa, Agbadu, T. Gomesh, Doerti, Andre (Bueno 72), Gomes, Volfe (Lopes 72), Huver (R. Gomesh 73), Munetsi, Bellegard (Arias 73), Larsen (Hvang Hi Chhang 82)
«Manchester Siti»: Trafford, Ruben Diash, Stouns (Husanov 82), Ayt-Nuri, Lyuis (Mateus Nunes 66), Reynders, Gonsales, Bernardu Silva (O'Rayli 66), Doku (Marmush 66), Bobb, Holand (Sherki 73)
Ogohlantirishlar: Doerti, 67 – Reynders, 54. O'Rayli, 81
«Manchester Siti» mavsumni «Vulverhempton»ni yirik hisobda mag‘lub etish bilan boshladi, Holand esa barqarorlik namunasini ko‘rsatdi. Avvaliga Lyuisning qanotdan uzatmasidan keyin to‘pni bo‘sh darvozaga kiritib yuborgan norvegiyalik qatorasiga to‘rtinchi mavsum ilk turda gol urmoqda. Lekin bu APL rekordi emas: Erlingdan Salohning rekordini takrorlash uchun yana ikkita shunday start talab etiladi.
Bu oqshomning asosiy qahramoni esa yozda «Milan»dan xarid qilingan Teyani Reynders bo‘ldi, u o‘yindagi uchta golda ishtirok etdi. Niderlandiyalik futbolchi avvaliga to‘pni parashyut uslubida oldingi chiziqqa tashlab berish orqali raqib himoyasini buzib o‘tgach, Lyuis Holandni bo‘sh darvoza qarshisiga chiqardi, keyin esa uning o‘zi Bobbning uzatmasini golga aylantirdi, ikkinchi bo‘limda Holandning ikkinchi goliga hammualliflik qildi. Bungacha «shaharliklar» safida APLdagi debyutida faqat Serxio Aguero gol va golli pas bilan boshlagandi.
Yana bir yangi futbolchi, «Lion»dan kelgan Rayan Sherki ham zaxiradan maydonga tushib, yakuniy natijani o‘rnatdi — 4:0.

Shu kuni Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni ham zaxiradan tushirdi, u oxirgi o‘n daqiqalikda Jon Stounz o‘rnida harakat qildi.
«Sanderlend» — «Vest Hem» 3:0
Gollar: Mayyenda 61, Ballard 73, Isidor 90+2.
«Sanderlend» sakkiz yil ichida ilk bor APLga qaytdi va darhol «Vest Hem»ni ojiz qoldirdi (3:0). Barchasi ikkinchi bo‘limda hal qilindi: 20 yoshli hujumchi Elieser Mayyenda va himoyachi Deniel Bellard gol urishdi.
Vilzon Izidor esa 90+2-daqiqada qarshi hujumdan hisobni yiriklashtirdi. Fransuz hujumchisi zaxiradan maydonga tushdi va murabbiy ishonchini oqladi. Chempionshipning o‘tgan mavsumida u 43 o‘yinda 12 kiritgandi, endi esa APLda ham jamoasiga yordam bermoqda.

«Sanderlend» fanatlari jamoaning APLga qaytishi munosabati bilan ulkan banner tayyorlashgandi va futbolchilar ham ularni xursand qilishdi.
«Brayton» — «Fulhem» 1:1
Gollar: O'Rayli 55 (pen) — Muniz 90+6.
«Brayton» «Fulhem» bilan o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi - 90+6 (1:1). 55-daqiqada Mettyu O'Rayli penaltini aniq ijro etgandi, ikkinchi bo‘lim davomida mezbonlar zaxira o‘rindig‘idan o‘yinga qo‘shilgan Rodrigo Muniz esa jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi. Ushbu hujumchiga «Atalanta» qiziqayotgandi, ammo «Fulhem» uni sotmayapti - gol buni izohladi.
Yakshanba kuni muxlislarni yangilangan «MYu» va yozgi transferlarda eng faol klublardan biri bo‘lgan «Arsenal»ni qabul qiladi. Shuningdek, «Chelsi» «Kristal Pelas»ga, «Nottinghem Forest» bosh murabbiysiz qolgan «Brentford»ga qarshi o‘ynaydi, chempionshipdan chiqqan uchinchi jamoa bo‘lmish «Lids» «Everton» sinovidan o‘tadi.
Ispaniya: Yamal hal qildi
La Liga. 1-tur
«Malyorka» – «Barselona» 0:3
Gollar: Rafinya (7), Torres (23), Yamal (90+4).
«Malyorka» – Roman, Morey (Maskarell, 46), Valent, Raylo, Moyika (Lato, 90+1), Morlanes, Sanches, Asano (Jozef, 46), Torre (Rodriges, 46), Darder, Muriki.
«Barselona» – Garsiya, Balde (Torrens, 68), Kubarsi (Gavi, 69), Arauxo, Garsiya, De Yong, Pedri, Yamal, Fermin (Olmo, 46), Rafinya (Kunde, 77), Torres (Reshford, 69).
Ogohlantirishlar: Morey (9), Morlanes (24, 33), Torre (42) – Rafinya (45+7).
Chetlatishlar: Morlanes (33), Muriki (39).
«Barselona» hali ham o‘tgan mavsumni davom ettirayotgandek. Yettinchi daqiqa, Yamalning o‘z uslubida olis ustun tomon uzatgan pasi va Rafinya gazonga sapchigan to‘pni bosh bilan darvoza to‘riga kiritib yuborishi. Shu daqiqadayoq «Malyorka»ni bu oqshom hech qanday yaxshilik kutmayotgani ayon bo‘lgandi, ammo ko‘k-anorranglilarning ikkinchi goli bahslarni keltirib chiqardi. Ijtimoiy tarmoqlarda feyr-pley prinsiplari haqida muhokamalar boshlanib ketdi, ammo tan olish kerakki, amalda kataloniyaliklar o‘yin qoidalarini buzishmadi. Shunchaki Yamalning zarbasidan keyin yuzi bilan to‘p yo‘lidan chiqqan Railo gazonda yotganganiga qaramay, hujumni davom ettirishdi.

Hakam o‘yinni to‘xtatishga asos ko‘rmadi, Ferran Torres esa hisobdagi farqni oshirdi. Shu bilan birga, «Barsa» futbolchilari vaziyatdan kelib chiqib, golni nishonlashmadi.
Mezbonlarning muammolari esa qor uyumidek o‘sib bordi. 33-daqiqada Yamalga ishlatilgan foldan keyin Morlanes maydonni barvaqt tark etdi.

Bundan oldinroq arbitr bilan bahslashgani uchun ogohlantirilgandi va qo‘polligi uchun unga ikkinchi sariq kartochka ham ko‘rsatildi. Bo‘lim oxirida esa Murichi to‘pni egallashga harakat qilib, oyog‘ini shu qadar baland ko‘tardiki, «Barsa»ning yangi darvozaboni Joan Garsiyaning boshiga butsasining ostki qismi bilan zarba berib yubordi. VAR bilan maslahatlashuvdan keyn albaniyalik hujumchi to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, jamoadoshlarini juda qiyin ahvolga tushirib qo‘ydi, shu bilan amalda o‘yin taqdiri hal bo‘ldi.

Lekin Hansi Flik jamoasi odatdagi kabi golga tashnalikni namoyish etmadi va mezbonlar darvozasini tinimsiz o‘qqa tutmadi. Ammo o‘yin oxiridagi bahs vaqtida raqibning turtishidan jahli chiqqan Yamal biroz o‘tib hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi – u Gavidan to‘pni qabul qilib oldi, bir necha himoyachi orasidan o‘tdi va yuqori burchakni aniq nishonga oldi.
Germaniya: Dias sovrin olishni boshladi

Germaniya cuperkubogi
«Shtutgart» – «Bavariya» 1:2
Gollar: Leveling (90+3) – Keyn (18), Dias (77).
«Shtutgart»: Bredlov. Xakes. Shabo (Xendriks, 71). Mittelshtedt. Vagnoman (Assinon, 81). Shtiller (Andres, 87). Karazor (Narti, 81). Deniz Undav. Fyurix (Demirovich, 71). Leveling. Voltemade
«Bavariya»: Noyyer. Upamekano (Kim Min Dje, 80). Ta. Stanishich. Laymer (Boe, 72). Kimmix. Goretska (Bishof, 90+3). Olise (Karl, 90+3). Dias. Gnabri (Rafael Gerreyru, 80). Keyn
Ogohlantirishlar: Mittelshtedt (44) – (Upamekano (35), Olise (45).
Bundesliga klublarining aksariyati mavsumni Germaniya kubogining 1/32 final o‘yinlarida quyi divizion vakillarini yakson qilish bilan boshlayotgan paytda (kun rekordchisi «Volfsburg» 9:0 hisobida g‘alaba qozondi), «Bavariya» va «Shtutgart» Superkubok uchun maydonga tushdi. O‘tgan mavsumda Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan «Shtutgart» o‘z stadionida yana bir sovringa ega chiqish uchun hamma ishni qilishdi, ammo o‘yin taqdirini jamoalar safidagi futbolchilarning individual mahorati darajasi hal qildi.
Xususan, o‘tgan mavsum kashfiyoti bo‘lgan va «Bavariya» nishoniga aylangan Voltamade ajoyib pozitsiyadan turib to‘pni Noyyerga qarata tepgan bo‘lsa, Keyn esa optimal qaror qabul qilishi uchun bir necha soniya yetarli bo‘ldi. Himoyachining xatosini poylab turgan Harri ildamlik qildi va yiqilayotib, to‘pni darvozaga yo‘lladi. Ssenariy bo‘yicha o‘yinning asosiy qismi ham shunga o‘xshash bo‘ldi. «Shtutgart»ning bosimi eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanida Noyyer rikoshet bo‘lib kelgan to‘pni ham qaytardi, bunga javoban uyushtirilgan hujumda esa Dias Gnabrining uzatmasidan keyin Germaniyadagi debyut o‘yinida g‘alaba golini nishonladi. «Liverpul»ning sobiq forvardi kabi futbolchilar saviyadagi farqni ko‘rsatmoqda, Levelingning qo‘shimcha daqiqalardagi goli esa hech narsani o‘zgartira olmadi.
Mavzuga oid
12:09 / 04.12.2025
«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
12:19 / 03.12.2025
«Siti» 4 ta gol o‘tkazdi, «Barsa»da kambek
13:00 / 01.12.2025
«Real» peshqadamlikni boy berdi, «Arsenal» ham ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
11:54 / 30.11.2025