«Arsenal» – «Byornli» 1:0
Gol: Havers, 37 (1:0)
«Arsenal»: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, Kalafiori (Inkapiye, 72), Moskera, Rays, Eze (Lyuis-Skelli, 73), Edegor (Subimendi, 90+3), Trossar (Martinelli, 90+3), Saka, Havers (Yokereş, 73)
«Byornli»: Vays, Estev (Xamfris, 82), Tuanzebe, Lukas Pires, Uoker, Ugoçukvu (Loran, 71), Florentinu (Uord-Prouz, 78), Mejbri (Amduni, 70), Entoni, Çauna (Brun Larsen, 82), Flemming
Ogohlantirişlar: Havers, 67 – Mejbri, 28. Flemming, 90. Lukas Pires, 90
«Arsenal» çempionlik tituli sari yana bir qadam taşladi. APLning 37-turida Mikel Arteta jamoasi öz uyida «Byornli» ustidan kiçik hisobda ğalabaga erişdi. Endi «Mançester Siti» bilan oradagi farq – beş oçkoni taşkil etmoqda, seşanba oqşomida «Siti» «Bornmut» bilan safarda keçadigan öyinda oçko yöqotadigan bölsa, «kanonirlar» muddatidan oldin çempionlikni nişonlaşi mumkin.
APLni allaqaçon tark etgan va bu turga 10 öyindan iborat ğalabasiz seriya bilan yetib kelgan raqib «Arsenal»ga qandaydir muammo tuğdirişi kutilmayotgandi. Şunga qaramay öyin «Byornli»ning xavfli hujumlari bilan boşlandi. Debyutda mehmonlar bir neça burçak zarbalari işlaşdi, ammo bu vaziyatlardan heç narsa çiqara olişmadi.
Keyin esa Arteta şogirdlari töp nazoratini qölga olişdi va birinçi bölim örtalariga borib öyinning 80 foiz vaqtida töpga egalik qilişdi. «Arsenal» sardori Edegor öz şeriklari uçun ketma-ket vaziyatlar yaratişdi, ammo hujumlarni yakunlaşda aniqlik yetişmadi. Şu kuni mezbonlarning qanot himoyasida tuşgan Kalafiori va Moskera muntazam ravişda raqib jarima maydoni atrofida uyuştirilgan kombinatsiyalarda iştirok etişdi.
«Arsenal» vaqt ötgan sayin bosimni oşirdi. Havers bir neça vaziyatdan foydalana olmadi. Trossar esa qanotdan markaz tomon reyd uyuştirib, xavfli zarba berdi, ammo töp ustunga bordi. Keyingi vaziyatda Saka qanotdan oşirilgan töpni darvoza töriga kiritib yuborişi mumkin edi, ammo töpni tepiş örniga ortdan kelgan raqibning oyoğiga qoqilib yiqildi. Mezbonlar penalti talab qilişdi, öyin boş hakami Tirni esa bu vaziyatda fol yöq deb topdi, VAR ham uning qarorini qöllab-quvvatladi.

«Byornli» esa deyarli hujumga ötmadi. Jamoaning eng xavfli çiqqan qarşi hujumi Hannibal vaziyatni yöqqa çiqarişi bilan yakunlandi. Bölim yakuniga qarab borayotganida esa «Arsenal» burçak zarbasidan navbatdagi golini urdi. Saka töpni kerakli nuqtaga ideal tarzda yetkazib berdi, Havers esa darvozabon hududida barçadan baland sakrab, boş bilan darvozani işğol etdi. «Byornli» darvozaboni Vays töpga çiqişda xatoga yöl qöygandi.
Tanaffusdan keyin «Byornli» himoya çiziğini yuqoriroq çiqardi, «Arsenal» esa öyinni quritişga kirişdi. Ammo 51-daqiqada Eze olov bilan öynaşib, maydonning öz jamoasi darvozasi joylaşgan tomonida töp yöqotdi va xavfli vaziyatga sababçi böldi. Mehmonlarning qarşi hujumi Entonining xavfli zarbasi bilan yakunlandi. Qöşimçasiga uşbu epizodda Flemming jarima maydoni içida yiqilib, penalti talab qildi. Referi unga ham işonmadi.
Ikkinçi bölim örtalarida esa öyindagi eng bahsli epizod röy berdi. Havers ortdan Ugoçukvuning boldir qismiga zarba berdi. Tirni bu vaziyatda germaniyalik hujumçini ayadi va sariq kartoçka körsatiş bilan çeklandi, VAR ham uning qarorini qöllab-quvvatladi. Biroz ötib APL rasmiy sahifasida bu qaror Kayning harakati öta qöpol bölmagani bilan izohlandi.

Şundan keyin darhol Arteta Haversni maydondan olib, Yokereşni tuşirdi.
Öyin oxiriga kelib «Byornli»da yakuniy şturm uyuştiriş uçun kuç qolmagandi va «Arsenal» öyinni nazorat qilib, ğalabali hisobni uşlab qoldi. Mezbonlar öyin davomida 13 bor zarba berişdi (şundan uçtasi darvoza sohasiga töğri borgan), «Byornli»da jami beşta zarba, darvoza sohasiga borgan birorta zarba yöq.
Şu tariqa, «Arsenal» «Siti» maydonida uçralgan mağlubiyatdan keyin qatorasiga tört öyinda ğalaba qozondi va bu öyinlarning birortasida gol ötkazib yubormadi. Endi jamoa mavsum yakuniga bir tur qolganida 82 oçko bilan peşqadamlikni davom ettirmoqda. Hisobida 77 oçko bölgan «Siti» esa 37-tur öyinini bugun ötkazadi va «Bornmut» maydonida oçko yöqotadigan bölsa, «Arsenal» muddatidan oldin çempionlikka erişadi. Agar «Siti» ham bu turda ğalaba qozonadigan bölsa, jamoalar orasidagi farq ikkitaga qisqaradi va barçasi sönggi turga qoladi.
APLning 38-turida «Arsenal» safarda «Kristal Pelas» mehmoni böladi, «Siti» esa «Aston Villa»ni qabul qiladi.













