Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yengil avtomobillarni sotuvchi rasmiy dilerlar ro‘yxati tasdiqlandi
M1 toifasidagi avtotransport vositalarining ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari hisoblangan 19 ta kompaniya ro‘yxati e’lon qilindi. Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ko‘ra, bundan asosiy maqsad fuqarolarga qulaylik yaratish va firibgarlik holatlarining oldini olish. O‘z navbatida, maskur ro‘yxatga kiritilmagan avtosalonlar faoliyatiga nisbatan cheklovlar joriy qilish rejalashtirilmagan.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi O‘zbekistonda muvofiqligi tasdiqlangan, rasmiy dilerlar tomonidan muomalaga chiqarilayotgan (sotilayotgan) transport vositalarining ro‘yxatini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 19 ta kompaniya M1 toifasidagi avtotransport vositalarining ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari hisoblanadi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga qo‘shimcha izoh berishicha, yuqoridagi ro‘yxatni tuzishdan asosiy maqsad fuqarolarga qulaylik yaratish va firibgarlik holatlarining oldini olish hisoblanadi. O‘z navbatida, maskur ro‘yxatga kiritilmagan avtosalonlar faoliyatiga nisbatan cheklovlar joriy qilish yoki ularning ishini to‘xtatish rejalashtirilmagan. Ro‘yxatda mavjud kompaniyalardan moshina xarid qilinganda Piskentdagi poligondan sertifikat olish shart emas, qolgan holatlarda esa bu talab bajarilishi kerak.
Mavzuga oid
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026
Bir yilda bitta mashinaga sertifikat cheklovi bekor qilindi: bu nimani anglatadi?
21:37 / 05.06.2026
Shaxsiy ehtiyoj uchun avtomobil olib kirishda “bir yilda bitta” degan cheklov olib tashlandi
08:17 / 03.06.2026